
Maktab haqida
BOKS. BILIM. CHEMPIONLIK
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi — iqtidorli yoshlarni jahon darajasidagi sportchi va bilimli shaxs etib tarbiyalovchi zamonaviy davlat o’quv yurti.
Tariximiz
MAKTAB QANDAY TASHKIL TOPGAN
Maktab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-martdagi PQ-162-son qarori asosida tashkil etilgan va 2022/2023 o’quv yilidan faoliyat boshlagan. 2024-yil 5-mart kuni Prezident maktabning yangi binosini ochib berdi. 2024-yil 22-iyundagi PF-94-son Farmonga asosan maktab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o’tkazildi.
DAVLAT TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASASI.
Maktab xodimlari
O’quvchilar soni
5-sinfdan qabul
Shtat to’ldirilgan, %

Ta’lim
Boks maktabida ingliz tili va tarix fanlari chuqurlashtirilgan holda o’qitiladi. Ingliz tili bo’yicha IELTS xalqaro sertifikatiga ega o’qituvchilar dars beradi. Har chorakda o’quvchilardan markazlashtirilgan test sinovlari olinib, bilim darajasi baholab boriladi. O’quvchilar fan olimpiadalariga ham tayyorgarlik ko’rishadi.
To’garaklar
QIZIQISHLAR UCHUN KENG IMKONIYAT
O’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun fan to’garaklari (ona tili va adabiyot, tarix, ingliz tili, rus tili, tabiiy fanlar, geografiya, matematika) hamda musiqa, robototexnika, to’quvchilik, tikuvchilik, kutubxonchilik, pazandachilik va koreys tili to’garaklari tashkil etilgan.
Yutuqlar
CHEMPIONLAR SHU YERDA YETISHADI
Maktab o’quvchilari respublika va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qo’lga kiritmoqda. 2025-yilda nufuzli musobaqalarda 17 ta oltin, 13 ta kumush va 20 ta bronza medal yutib olindi. Sport ustasi unvoniga ega o’quvchilar soni esa 4 nafarni tashkil etdi.
Oltin medal
Kumush medal
Bronza medal
Sharoitlar
Maktabda zamonaviy boks ringlari, mashg’ulot zallari, basseyn, keng oshxona va qulay o’quv xonalari mavjud. Barcha sharoitlar o’quvchi-sportchilarning ham sport, ham ta’lim sohasida muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yaratilgan.
Hamkorlik
DUNYO BILAN HAMKORLIKDA
2025-yilda maktab Ozarbayjon, Mongoliya va Rossiya boks federatsiyalari, shuningdek University of Pavia (Italiya) bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.





