a black and white living room with a large tv

Xalqaro hamkorlik

DUNYO BILAN HAMKORLIKDA

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi xalqaro boks federatsiyalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib, o'quvchilarni jahon darajasidagi tajriba bilan boyitmoqda.

Ozarbayjon

OZARBAYJON BILAN MEMORANDUM

OZARBAYJON BILAN MEMORANDUM

OZARBAYJON BILAN MEMORANDUM

2025-yilning 3–15-may kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida maktab o'smirlar terma jamoasi, Ozarbayjon va Gruziya o'smirlar milliy terma jamoalari ishtirokida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazildi. Yig'in yakunida ikki davlatda boks sport turini va o'zaro do'stlik aloqalarini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Italiya

UNIVERSITY OF PAVIA BILAN HAMKORLIK

UNIVERSITY OF PAVIA BILAN HAMKORLIK

UNIVERSITY OF PAVIA BILAN HAMKORLIK

Maktab direktori Akbar Urazbayev Italiyaning eng qadimiy oliygohlaridan biri — 1361-yilda tashkil etilgan University of Pavia professorlari Matteo Alvaro va Andrea Penna bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda boks sportini yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro tajribani joriy etish va hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar xorijlik mutaxassislarni jalb qilish, o'quvchi-sportchilar uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish va mashg'ulotlarni xalqaro standartlar asosida yo'lga qo'yish bo'yicha kelishib oldilar.

Toshkent

QAYTA TAYYORLASH INSTITUTI BILAN MEMORANDUM

QAYTA TAYYORLASH INSTITUTI BILAN MEMORANDUM

QAYTA TAYYORLASH INSTITUTI BILAN MEMORANDUM

O'zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi malaka oshirish instituti bilan maktab o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar keyingi 5 yil uchun trenerlarni qayta tayyorlash, o'quvchi-sportchilarni laboratoriya sharoitida tekshirish, Bahodir Jalolov ishtirokida mahorat darslari o'tkazish hamda uslubiy qo'llanmalar va testlar bankini yaratishda hamkorlik qilishga kelishdi. Memorandum boks yo'nalishida trenerlar tayyorlash tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.