
Qabul
KELAJAK CHEMPIONLARI SAFIGA QO'SHILING
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi har o'quv yilida iqtidorli o'quvchilarni saralab oladi. Quyida qabul jarayoni, bosqichlari va talablari bilan tanishing.
DAVLAT TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASASI.
Har o'quv yili qabul qilinadigan o'quvchilar
Qabul shu sinfga (5-sinf) o'tkaziladi
Saralash bosqichlari
Test sinovlari soni
Qabul haqida
YILIGA 24 O'QUVCHI QABUL QILINADI
Bahodir Jalolov nomidagi maktab har o'quv yilida 5-sinfga 24 nafar iqtidorli o'quvchini ikki bosqichli saralash asosida qabul qiladi. Qabul jarayoni ochiq va adolatli tarzda o'tkaziladi.
1-bosqich
Birinchi bosqichda o'quvchining boks bo'yicha jismoniy tayyorgarligi baholanadi. Umumjismoniy tayyorgarlik — 30 ball, maxsus jismoniy tayyorgarlik (boks) — 70 ball. Imtihon maktabning ta'lim tilida o'tkaziladi.
2-bosqich
TEST SINOVLARI
Ikkinchi bosqichda o'quvchining psixologik va intellektual qobiliyati aniqlanadi. Psixologik test — 15 ta, intellektual qobiliyat testi — 20 ta, jami 35 ta test topshiriladi. Har bir to'g'ri javob 1 ball, ajratilgan vaqt — 60 daqiqa.
Hujjatlar
O'quvchi imtihonga shaxsni tasdiqlovchi hujjat asli, 086-U shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi shart. Ruxsatnoma imtihondan kamida 3 kun oldin o'quvchining shaxsiy kabinetiga (imtihon joyi va guruhi ko'rsatilgan holda) yuboriladi.
Arizalar quyidagi rasmiy platformalar orqali onlayn topshiriladi:
🌐 ariza.piima.uz
🌐 my.gov.uz
Natijalar
NATIJALAR VA APELLYATSIYA
Yakuniy natijalar test sinovidan keyin 20 kun ichida Agentlikning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. Natijadan norozi bo'lgan o'quvchilar har bosqich e'lon qilingach 3 ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qila oladi. Komissiya murojaatni 10 kun ichida ko'rib chiqadi.





