
E'lon
4 nafar o'quvchi sport ustasi unvoniga sazovor bo'ldi

2025-yil yakunlariga ko'ra Bahodir Jalolov nomidagi maktab tarbiyalanuvchilari sport razryadlari bo'yicha katta natijalarga erishishdi.
Erishilgan unvonlar:
— 4 nafar — sport ustasi — 26 nafar — sport ustaligiga nomzod — 40 nafar — birinchi sport razryadi — 17 nafar — ikkinchi sport razryadi — 8 nafar — uchinchi sport razryadi — 30 nafar — o'smirlar uchun razryadlar
Bu raqamlar 2024-yilga nisbatan keskin o'sishni ko'rsatmoqda: sport ustaligiga nomzod talablarini bajaruvchilar soni 188 foizga, birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari talabini bajaruvchilar 170 foizga ortdi.
2024-yilda maktabda sport ustasi unvoniga ega o'quvchilar bo'lmagan edi. 2025-yilda bu son 4 ga yetdi — bu jiddiy yutuq hisoblanadi.
Maktab rahbariyati barcha o'quvchilarni va ularning murabbiylarini erishilgan natijalar bilan tabriklaydi va kelgusi yutuqlarda ham omad tilaydi.
Boshqa yangiliklar



